Olxo‘Ri Chechagi Virusi Bilan Zararlangan Olxo‘Ri O‘Simligining Ayrim Fiziologik Xususiyatlarini Aniqlash
Keywords:
formasi, oshganligi, devori, formasiningAbstract
O‘simliklar uchun asosiy fiziologik jarayonlardan biri bu - oksidlanish-qaytarilish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon esa o‘simlikdagi peroksidoza kabi qator fermentlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, asosan patalogik jarayonda o‘simlik himoya mexanizmi sifatida bunday fermentlar aktivligi oshishi bilan baradi. Ferment aktivligining oshishi o‘simlikni ma’lum darajada patogendan himoya qilishni ta’minlab beradi. Shuning uchun ushbu ishda virus bilan kasallangan va sog‘lom olxo‘ri osimligi bargidagi peroksidaza fernentining hujayra devori bilan kuchsiz bog‘langan va eruvchan formalarining dinamikasi o‘rganib chiqildi. Olingan natijalarga asosan fermentining hujayra devori bilan kuchsiz bog‘langan formasining aktivligi nazoratga nisbatan o‘rtacha 1,5 marta, eruvchan formasi esa 1,9 marotaba oshganligi aniqlandi.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.